Sunny Frozen — logotip va korporativ uslub

Loyiha haqida

Sunny Frozen — muzlatilgan rezavorlar, mevalar va sabzavotlar brendi. Nom ikki obrazni birlashtiradi — hosilni pishiradigan quyosh va uni qishgacha saqlaydigan sovuq. Shu juftlikni belgida ham ko'rsatish kerak edi.

Loyiha ustida ish

Ishlar: logotip, rang versiyalari, shrift, asosiy vizuallar

Belgi

Qor parchasi olti qirrali shaklga joylashtirilgan va barglar bilan bezatilgan, shuning uchun siluet bir vaqtning o'zida muz kristali va mevani eslatadi. Belgi mustaqil ramz sifatida ham ishlaydi — masalan, muz haykalda yoki fasadda.

Nima qildik

  • Vertikal va gorizontal logotip.
  • Uch rang versiyasi: ko'k, yashil va sariq — turli mahsulot liniyalari uchun.
  • Kirill alifbosini qo'llab-quvvatlaydigan shrift — Oswald (bepul ochiq litsenziya).
  • Asosiy vizuallar: rezavorlar va mevalar fonidagi belgi, yirik yozuv fonida ikat naqshli kosadagi malina, sabzavot va rezavorlardan «muzlatilgan kublar».
  • Fasaddagi peshtaxta.

Korporativ uslub kerakmi?

Toshkentda logotip va korporativ uslub ishlab chiqamiz: g'oya va konsepsiyadan brendbuk va tashuvchilargacha. Vazifani yozing — muddat va narxni bepul baholaymiz.