- Bosh sahifa
- Blog
- Bosh direktorumiz TAF!25 hakamlar hay’atida: ijod va g‘oyalar bilan to‘la kun
Bosh direktorumiz TAF!25 hakamlar hay’atida: ijod va g‘oyalar bilan to‘la kun

Bugun, 11-sentabr kuni TAF!25 festivalining Creativity & Craft bloki bo‘yicha hakamlar hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun jonli muhokamalar, yangi g‘oyalar va ilhomlantiruvchi loyihalarga boy bo‘ldi.
Faxr bilan ma’lum qilamizki, hakamlar hay’ati tarkibida LIFESTYLE CREATIVE bosh direktori — Zakir Mavlyanov ham ishtirok etdi. Bu bizning jamoamiz uchun katta sharaf va O‘zbekistonning kреатив индустрияси ривожига қўшган ҳиссамизнинг эътирофи ҳисобланади.
Qanday o‘tdi
Yig‘ilish International School of Finance Technology and Science (ISFT) va Besh Qozon brendi ko‘magida tashkil etildi. Hakamlar vazifasi — *Creativity & Craft* tanlovining sakkizta nominatsiyasi bo‘yicha short-listni aniqlash edi.
Mutaxassislarning professional muloqotlari davomida davr ruhi, dadil qarashlar va yangicha kommunikatsion yondashuvlarni aks ettirgan eng kuchli ishlar saralab olindi.
Hakamlar tarkibi
- Temur Sa’diev, CEO/Dizayn-direktor MA'NO Branding (tanlov kuratori)
- Said Nazrillaev, katta kopirayter Lokals CA Uzbekistan (moderator)
- Muxiddin Muzapparov, Marketing direktori Lalaku, Reverem, Monno
- Violetta Filchenko, direktor o‘rinbosari KeyConsulting
- Guzal Gapilova, Marketing direktori iTV
- Kamoliddin Beknazarov, Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Marketing direktori GROSS
- Kira Kir, marketing mutaxassisi
- Andrey Chey, Creative Head FCB Tashkent
- Anastasiya Vasileva, Biznes rivojlanishi direktori Go Ahead
- Anna Sapunova, Brend bo‘limi rahbari Belissimmo Pizza
- Ilya Xamidov, Marketing va reklama menejeri Mika Group
- Ilxom Sabirov, GM Yandex Ads
- Sergey Shyma, Strategik direktor TDI Group CA
- Zakir Mavlyanov, Bosh direktor LIFESTYLE CREATIVE
- Ivan Popov, Direktor N11
- Feliks An, Creative Director GGC UNNO
- Marina Dryjakova, Project Grouphead We Digital
- Xilola Xodjaeva, Kреатив бўлими раҳбари McCann Tashkent
- Akmal Zakirov, Asoschi va direktor Advicmode
- Alen Zargadinov, Art-direktor MA'NO Branding
Kelajak sari qarash
Keyingi hakamlar hay’ati yig‘ilishi 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan onlayn baholash jarayoni 15-sentabrgacha davom etadi.
Biz, LIFESTYLE CREATIVE jamoasi uchun bunday tashabbuslarda ishtirok etish — nafaqat e’tirof, balki O‘zbekiston креатив индустриясининг kelajagini shakllantirish imkoniyati hamdir. Biz ishonamizki, bugun tug‘ilayotgan g‘oyalar ertangi kun manzarasini belgilaydi. Va biz ushbu jarayonning bir qismi bo‘layotganimizdan mamnunmiz.
Поделиться