- Bosh sahifa
- Xizmatlar
- Veb-sayt yaratish
- Davlat organlari uchun veb-saytlarni ishlab chiqish
Davlat organlari uchun veb-saytlarni ishlab chiqish
Vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va xalqaro loyihalar uchun saytlar: uchta til, zaif ko'ruvchilar uchun versiya, hujjatlar bo'limi va matbuot xizmati materiallarni o'zi e'lon qiladigan panel. Davlat xaridlarida qatnashamiz, NDA imzolaymiz.
Davlat tashkilotining sayti — fuqarolar, biznes va OAV uchun rasmiy ma'lumot manbai. U internetdan foydalanish tajribasi turlicha bo'lgan odamlarga tushunarli, ko'rishida nuqsoni bor insonlar uchun qulay bo'lishi va uch tilda to'g'ri ishlashi kerak. Hujjat va yangiliklarni esa dasturchisiz matbuot xizmatining o'zi e'lon qiladi.
Kimlar uchun
- Vazirliklar, idoralar, hokimliklar va ularga qarashli tashkilotlar.
- Davlat korxonalari, ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat muassasalari.
- O'zbekistondagi xalqaro tashkilotlar va rivojlanish dasturlari loyihalari.
- Assotsiatsiyalar, jamg'armalar va jamoat tashkilotlari.
Loyihaga nimalarni kiritamiz
- Auditoriya bo'yicha tuzilma: fuqarolar, biznes, OAV.
- Til versiyalari: o'zbek, rus, ingliz.
- Zaif ko'ruvchilar uchun versiya: yirik shrift, kontrast sxema, matnni ovozlashtirish.
- Hujjatlar va me'yoriy baza: sana va tur bo'yicha qidiruv va filtrlarga ega bo'lim.
- Matbuot markazi: yangiliklar, foto va video, bir necha tildagi e'lonlar.
- Fuqarolar murojaatlari: mas'ul xodimlarni xabardor qiluvchi shakllar.
- Xavfsizlik: himoyalangan ulanish, muharrirlar huquqlarini ajratish, alohida serverda zaxira nusxalar.
Keys
O'zbekiston Respublika valyuta birjasi uchun murakkab menyu va yon navigatsiyaga ega uzrvb.uz saytini yaratdik (2023). Saytda savdo ishtirokchilari uchun bo'limlar, tashkiliy tuzilma va savdo ma'lumotlari bor: REPO, banklararo pul bozori, Markaziy bankning depozit auksionlari. Sayt buyurtmachi serverida ishlaydi. Ovozlashtirilgan zaif ko'ruvchilar versiyasini esa, masalan, Aria Insurance uchun qilganmiz.
Ko'p beriladigan savollar
Davlat xaridlarida qatnashasizmi?
Ha, davlat xaridlarida qatnashish tajribamiz bor. Texnik topshiriqingiz bo'yicha baholash tayyorlaymiz.
Sayt qayerda joylashadi?
Odatda studiya hostingida, birinchi yil narxga kiritilgan. Agar tashkilot qoidalari o'z serverini talab qilsa, buni texnik topshiriqda qayd etib, saytni o'sha serverda o'rnatamiz.
Matbuot xizmati materiallarni o'zi e'lon qila oladimi?
Ha. Boshqaruv paneli texnik tayyorgarligi bo'lmagan muharrirlar uchun mo'ljallangan, o'qitish loyihaga kiradi.
Eski saytdagi yangiliklar arxivi saqlanadimi?
Ha. Arxivni ko'chiramiz va eski manzillardan yo'naltirishlarni sozlaymiz.
Narx o'z ichiga oladi
Zaif ko'ruvchilar uchun versiya
Uch til va hujjatlar bo'limi
1 yillik hosting va yordam
Manba va kirishlar — sizniki
Ish tartibi
1. Talablar. Texnik topshiriq, reglamentlar va kelishuv tartibini o'rganamiz.
2. Tuzilma. Prototiplar va bo'limlarni mas'ul bo'linmalar bilan kelishish.
3. Dizayn. Davlat ramzlari va qulaylik talablarini hisobga olgan konsepsiya, kelishilgunga qadar tuzatishlar.
4. Dasturlash. Sahifalash, CMS, til versiyalari, eski saytdan arxivni ko'chirish.
5. Ishga tushirish. Sinov, e'lon qilish, matbuot xizmatini o'qitish va hujjatlarni topshirish.
Muddat: 2–3 oy.
To'lov: 50% oldindan, 50% topshirilgandan keyin.
Narxga nima kiradi
Xizmat narxiga kiradi:
- Bo'limlar tuzilmasi va texnik topshiriq
- Ramzlar va qulaylik talablarini hisobga olgan dizayn
- Zaif ko'ruvchilar uchun versiya
- UZ / RU / EN til versiyalari
- Qidiruv va filtrlarga ega hujjatlar bo'limi
- Matbuot markazi va fuqarolar murojaati shakllari
- Eski saytdan arxivni ko'chirish
- Boshqaruv paneli va matbuot xizmatini o'qitish
- Manba kodi, maketlar va kirish huquqlarini topshirish
Saytga xizmat ko'rsatish (birinchi yil kiritilgan):
- Studiya serverida hosting
- Ish vaqtida texnik yordam, javob 2 soatgacha
- Alohida serverda zaxira nusxalar
- 3 oylik kafolat: xatolarni bepul tuzatamiz
- Sayt bilan ishlash bo'yicha maslahatlar
Qo'shimcha, so'rov bo'yicha:
- Materiallarni UZ / EN tillariga tarjima qilish
- SEO-targ'ibot
- Qo'llab-quvvatlash va kontentni yangilash
* Narxni texnik topshiriq asosida hisoblaymiz — baholash bepul. Ikkinchi yildan hosting va texnik yordam so'rov bo'yicha uzaytiriladi.